
Rim papasi Fransisk “Barselona” hujumchisi Lionel Messiga nisbatan ishlatiluvchi baʼzi eʼtiroflarga munosabat bildirdi.
“Nazariy tomondan Messini xudo deyish – kufr keltirish demakdir. Bunday gaplarni gapirish va bunga ishonish mumkin emas. Masalan, men bunga ishonmayman. Futbolchining oʻyinlaridan zavq olish mumkin, ammo unga sigʻinmaslik kerak. Messi juda yaxshi futbolchi, lekin u xudo emas”, – degan Fransiskning soʻzlarini keltirmoqda Marca.
Qayd etish joiz, 82 yoshli pontifikning oʻzi ham futbolga befarq emas. U Argentinaning “San-Lorenso” klubiga muxlislik qiladi.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar