09:35 / 12.04.2019
3 154

Poroshenko shtabi Zelenskiyni yuk mashinasi urib ketishi videosiga aloqadorlikni rad etdi (video)

Poroshenko shtabi Zelenskiyni yuk mashinasi urib ketishi videosiga aloqadorlikni rad etdi (video)
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning saylov shtabi mamlakat prezidenti lavozimiga nomzod Vladimir Zelenskiyni yuk mashinasi urib ketishi videoroligining tayyorlanishi va tarqatilishiga aloqadorliklari rad etildi.

“Na prezident ma’muriyati, na nomzod shtabining bunga aloqasi yo‘q”, deb aytgan Poroshenko shtabi vakili.

Avvalroq Zelenskiyning saylov shtabida 7 aprelda Facebook’dagi rasmiy sahifada Poroshenkoning unga qo‘shilishga chorlagan murojaati chiqqani, rolik va unga izohda Poroshenkoning yangi sayti euua.org’ga havola borligi ma’lum qilingan. Foydalanuvchilar yangi saytda ro‘yxatdan o‘tgach, ularga Telegram va Viber-kanallarga havolalar ko‘rsatilgan sms-xabar kelgan. Aynan sms-xabarda ko‘rsatilgan Telegram-kanalda mojaroli video paydo bo‘lgan. Shu sababli Zelenskiy jamoasi rolikda jismoniy yo‘q qilishga ishora borligi haqidagi xulosaga kelib, nomzodning qo‘riqlanishi kuchaytirilishini ma’lum qilgan.

Shuningdek, Ukraina politsiyasi videoning tarqatilishi bo‘yicha Ukraina jinoyat kodeksining “Davlat yoki jamoat arbobiga tahdid yoki zo‘ravonlik” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Ushbu video paydo bo‘lishi tafsilotlari va uning buyurtirilishi, tayyorlanishi va tarqatilishiga aloqador shaxslarni aniqlash bo‘yicha tergov boshlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Poroshenko shtabi Zelenskiyni yuk mashinasi urib ketishi videosiga aloqadorlikni rad etdi (video)