«Dok-1 Maks» jabrlanuvchilariga 16,7 mlrd so‘m undirildi

«Dok-1 Maks» jabrlanuvchilariga 16,7 mlrd so‘m undirildi

«Dok-1 Maks» dorisidan jabrlangan fuqarolarga kompensatsiya to‘lash bo‘yicha majburiy ijro ishlari davom etmoqda. Sud hujjatlariga ko‘ra, S. Kariyev va boshqa qarzdorlardan 85 nafar fuqaro foydasiga jami 78 mlrd so‘m miqdorida zarar undirilishi kerak.

Majburiy ijro jarayonida S. Kariyevga tegishli ko‘chmas mulklar xatlangan va auksionga chiqarilgan. Furqat ko‘chasida joylashgan noturar bino sotilishi natijasida 793 mln so‘m mablag‘ tushgan.

Chilonzor tumanidagi 7,1 mlrd so‘mga baholangan turar joy binolari bo‘yicha auksion jarayoni esa hali davom etmoqda.

Auksiondan tushgan mablag‘lar hamda qarzdorning oila a’zolari tomonidan to‘langan pullar hisobidan jabrlanuvchilarga hozirga qadar jami 16,7 mlrd so‘m teng taqsimlab berilgan.

Qolgan 61,3 mlrd so‘m zararni undirish uchun majburiy ijro harakatlari davom ettirilmoqda, deb xabar beradi Uz24.uz nashri.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar