date
views 3 105

Turkiyaning Qirg‘izistondagi elchisi FETO a’zosi bilan bir dasturxonda o‘tirishni istamadi (video)

Turkiyaning Qirg‘izistondagi elchisi FETO a’zosi bilan bir dasturxonda o‘tirishni istamadi (video)
Turkiyaning Qirg‘izistondagi elchisi Jengiz Komil Firat bilan iftorlik vaqtida mojaro chiqdi. Gap shundaki, uni Qirg‘iziston musulmonlar diniy boshqarmasi iftorlikka Turkiyada taqiqlangan FETO tashkiloti vakilini taklif qilgani g‘azablantirgan. Bu haqda Kun.uz Qirg‘izistonning 24.kg axborot agentligiga tayanib xabar berdi.

G‘azab otiga mingan Komil Firat iftorlikni u boshlanishiga oz qolganda tark etgan. Ushbu mojaro videosi internetda tarqalgan.

Diniy boshqarmada voqea 8 may kuni yuz bergani tasdiqlangan. Ma’lum qilinishicha, elchini iftorlikka taklif qilingan mehmonlar, jumladan “Sapat” ta’lim muassasasi direktori Orxan Inandaning taklif qilingani ranjitgan.

“Ramazon oyida siz terrorchini taklif qilmoqdasiz, qanaqa muftiylik bu o‘zi? Men sizlarga 35 mln dollarlik masjid qurdirib berdim, siz esa meni terrorchi bilan bir qatorga qo‘ymoqdasiz”, deb achchiqlangan elchi.

Firat, shuningdek, diniy boshqarma yo Turkiyani, yo terrorchilarni tanlashiga to‘g‘ri kelishini aytgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyaning Qirg‘izistondagi elchisi FETO a’zosi bilan bir dasturxonda o‘tirishni istamadi (video)
LiveInternet