Angrenda 20 yoshli yigit "proba"siz ukol sababli 45 kundan beri komada

Angrenda 20 yoshli yigit "proba"siz ukol sababli 45 kundan beri komada

Angrenda 20 yoshli Quvonchbek Murodov xususiy klinikada davolanganidan so‘ng hushini yo‘qotib, 45 kundan buyon komada yotgani aytilmoqda. Uning yaqinlari voqea yuzasidan jiddiy savollar bilan chiqdi.

Aytilishicha, Quvonchbek 31 iyul kuni shamollash sababli Angren Medical Center xususiy klinikasiga borgan.

Unga "proba" qilinmasdan tomchi dori yuborilgach, yigitning ahvoli keskin yomonlashib, hushini yo‘qotgani bildirilmoqda.

Hozirda 20 yoshli yigit Angren shahar shifoxonasida og‘ir ahvolda davolanmoqda.

Quvonchbekning ota-onasi xususiy klinika tomonidan o‘g‘lining davolanishi uchun yetarli moddiy yordam ko‘rsatilmayotganidan norozi ekanini bildirgan.

Biroq hodisaning aniq sabablari va tibbiy muolaja bilan yigitning hozirgi holati o‘rtasidagi bog‘liqlik bo‘yicha yakuniy xulosa hozircha ochiqlanmagan.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar