
Rossiyaning Amur viloyatida laylak baloi ofatda o‘z jo‘jalarini tashlab ketmadi, deya xabar berdi Darakchi.uz nashri.
Amur viloyati Tambovka qishlog‘i yaqinidagi Gilchin daryosi bo‘ylaridagi vodiyni kimdir yoqib yuboradi. Ammo laylak pastda olov bo‘lishiga qaramay, o‘z inini tark etmadi. Negaki inida hali ochib chiqmagan jo‘jachalari bor edi. Olov laylakka hech qanday zarar yetkazolmagan.
Umuman olganda, har yili ushbu hududda ko‘plab yong‘inlar sodir bo‘ladiki, buning oqibatida turnalar, laylaklar va boshqa yerda in quradigan qushlarning o‘zi va tuxumlari yonib ketadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar