
Foto: «Bloomberg»
Ukraina prezidenti etib saylangan yilidayoq (2014) Petr Poroshenko dollarli milliarder maqomidan mahrum bo‘lgan. Bu haqda «Bloomberg» agentligi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, prezidentlik davrida Poroshenkoning sof kapitali 40 foizga — 705 million dollargacha qisqarib ketgan. «Bloomberg» Ukraina sobiq liderining eng katta boyliklari sifatida «Roshen» qandolat fabrikasini, shuningdek, sug‘urta kompaniyasi, bank, telekanal, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat korxonalarini sanab o‘tdi.
Agentlik xabariga ko‘ra, ukrainalik eng boy inson Rinat Ahmetov 2014 yildan beri bundan ham ko‘proq — qariyb 50 foiz boyligini yo‘qotdi. Hozir uning $5,5 milliardlik boyligi qolgan.
UkrainaPetr PoroshenkoRinat AhmetovDollarli MilliarderRoshen QandolatBoyliklarni Yo‘qotish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar