date
views 3 725

Floridada 3 metrli timsoh uyga kirib, tartibsizlik uyushtirdi (foto, video)

Floridada 3 metrli timsoh uyga kirib, tartibsizlik uyushtirdi (foto, video)
Foto: Twitter / Clearwater Police Department
Florida shtatidagi Kliruoter shahrida joylashgan uylardan biriga uzunligi 3 metrdan oshiq bo‘lgan timsoh kirib qoldi. Oshxona oynasi orqali uyga kirgan timsoh bir necha shisha idishdagi vinolarni sindirib, hamma joyni vayron qilgan, deb xabar beradi Forum Daily'ga tayanib "Daryo" nashri.

Mazkur hodisa 31 may kuni soat tungi 03:30 larda sodir bo‘lgan. 77 yoshli Meri Vishxuzen hojatxonaga yo‘l olayotib, shovqinni eshitib qolgan va oshxonasida taklif qilinmagan mehmonga duch kelgan.

Vishxuzen qo‘rqib ketib 911 ga qo‘ng‘iroq qilgan va politsiya ofitserlari yetib kelguniga qadar yotoqxonasidan chiqmagan.

Foto: Twitter / Clearwater Police Department
Mahalliy politsiyachilar o‘zlarining Twitter’dagi sahifasiga uyda tartibsizlik keltirib chiqarganidan xursand timsohning rasmini joylashtirgan.

Politsiya va ovchilarning sa’y-harakati bilan timsoh uydan chiqarib yuborilgan. Kutilmagan mehmonning tashrifidan hech kim jarohat olmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Floridada 3 metrli timsoh uyga kirib, tartibsizlik uyushtirdi (foto, video)