20:26 / 05.06.2019
3 133

Si Szinpin Putinni chet ellik hamkasblari orasida eng yaqin do‘st deb atadi

Si Szinpin Putinni chet ellik hamkasblari orasida eng yaqin do‘st deb atadi
Foto: News.tut.by
Xitoy rahbari Si Szinpin Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan har bir uchrashuvini o‘zgacha iliqlik bilan eslashini aytdi. «TASS»ning yozishicha, Rossiyaga tashrifi davomida mahalliy nashrlarga bergan intervyuda ma’lum qilgan.

«Vedomosti»ning yozishicha, Si Szinpin 2013 yildan boshlab Putin bilan 30 marta shaxsan uchrashganini, u bilan doim telefonda muloqot qilishini va xat yozishib turishini ta’kidlagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin bilan suhbati doim chuqur va «keng doiradagi mavzularda» bo‘ladi. Xitoy rahbari, shuningdek, boshqa chet ellik rahbarlarga nisbatan Putinni «eng yaxshi va ishonchli do‘st» deb atagan.

Szinpinning fikricha, Rossiya va Xitoy rahbarlarining «dunyoda sodir bo‘layotgan jarayonlarga nisbatan qarashlari bir xil» va davlatni boshqarish borasidagi qabul qilgan konsepsiyalari ham ko‘p jihatdan o‘xshash.

Xitoy rahbari Rossiyaga tashrifi 5 iyun kuni boshlanadi. Muzokaralar Moskvada bo‘lib o‘tadi va 6—7 iyun kunlarigacha davom etadi. Uning tashrifi davomida 30 dan ortiq hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Si Szinpin Putinni chet ellik hamkasblari orasida eng yaqin do‘st deb atadi