Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov o‘z kanalida bir oy ovqat yemaslikka qaror qilganini ma’lum qildi.
Durovning aytishicha, u oxirgi 15 yil davomida spirtli ichimlik, kofein, go‘sht, tabletkalar va fast-fud iste’mol qilmay qo‘ygan, bundan uning salomatligida yaxshi natijalar kuzatilgan. Bir yil avval u “yuqoriroq samaradorlik va teranroq fikrlashga erishish”, irodasini mustahkamlash, intizomliligini oshirish uchun o‘z ratsionidan glyuten, sut mahsulotlari, tuxum va fruktozani istisno qilgan. Bundan tashqari, Durov may oyidan faqat baliq va dengiz mahsulotlari iste’mol qila boshlagan.
“Bu oy men tubdan yangiroq usulni sinab ko‘raman va umuman ovqat yemayman. Oxirgi 6 kun davomida faqat suv iste’mol qildim va hozircha o‘zimni yaxshi his qilmoqdaman”, deb yozgan Durov va bu chora unga teranroq fikrlash va yuqori samaradorlikka erishishga imkon berishini qo‘shimcha qilgan.
Telegram asoschisi bunday parhez natijasida mushak massasini yo‘qotishini, biroq messenjeri uchun unga yangi g‘oyalar kelishi mumkinligini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi