Qozon shahrida yo‘lovchilarini o‘margan o‘zbekistonlik fuqarolarning ikki nafari qo‘lga olindi, qolganini qidirish bilan mahalliy politsiya shug‘ullanmoqda, deb xabar beradi Sputnik.
Tergov versiyasiga ko‘ra, Nova-Savinovo tumanida jinoyatni kamida olti kishi amalga oshirib kelgan.
«10 iyun kuni ‘Savinovo’ politsiyasiga ikki nafar jabrlanuvchi murojaat qildi. Ularning ma’lum qilishicha, Chuykova ko‘chasida kechasi noma’lum shaxslar hujum qilib, ularga tegishli buyumlarni olib qo‘ygan: telefon, sumka, simsiz quloqchin, pul va bank kartalari. Yetkazilgan moddiy zarar 50 ming rubldan ortiqroq», — deyiladi Qozon shahri IIB xabarida.
Ertasiga kuni esa xuddi shu kabi shikoyat bilan yana bir necha kishi murojaat qilgan.
12 iyun kuni o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri davomida ikki nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Ma’lum bo‘lishicha, birining yoshi 18 da, ikkinchisini 23 da bo‘lgan gumonlanuvchilar O‘zbekiston fuqarosi.
Yigitlar o‘z aybini tan olgan. Jinoiy guruh to‘rt kishidan iborat bo‘lgan. Hozirda qolgan jinoyatchilarni qidirish ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video)
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi