
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevni qo‘lga olish bo‘yicha yangi amaliyot boshlandi. Bu haqda Knews xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, huquq-tartibot idoralari xodimlari Atamboyevning tarafdorlariga nisbatan maxsus vositalardan foydalanmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kuchishlatar tuzilmalar xodimlari Almazbek Atamboyevning Qo‘y-Toshdagi qarorgohini o‘rab olishgan. Xodimlar bir qismi qarorgoh ichiga kirgani, Atamboyev tarafdorlaridan bir guruhi esa voqea joyidan uzoqlashgani aytilmoqda.
Кой-Ташка барчу жолду күч түзүмдөрүнүн кызматкерлери тороп алышты.МАКСИМАЛДУУ РЕПОСТ!!! Кой-Ташка барчу жолду күч түзүмдөрүнүн кызматкерлери тороп алышты. Алар үйлөрүнө бараткан адамдарды да өткөрбөй жатышат.
Опубликовано «Апрель» телеканалы Четверг, 8 августа 2019 г.
Poytaxt Bishkekda esa savdo markazlari, do‘konlar yopilishni boshlagan. Bunga Atamboyev tomonidan e’lon qilingan muddatsiz miting sabab bo‘lishi mumkin.
Guvohlarning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, kuchishlatar xodimlar Bishkekdan Qo‘y-Tosh qishlog‘iga olib boruvchi yo‘lni to‘sib qo‘yishgan.
Bundan oldin, Qo‘y-Tosh qishlog‘ida militsiya xodimlari va sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev tarafdorlari o‘rtasida to‘qnashuv boshlangandi.
Almazbek AtamboyevQirg‘iziston PrezidentiBishkek ShahriQo‘y-Tosh Qishlog‘iMiting O‘tkazilishiHuquq-Tartibot IdoralariSavdo Markazlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar