17:00 / 21.09.2019
2 494

Eritreya aholisi tashnalikdan qiynalmoqda

Eritreya aholisi tashnalikdan qiynalmoqda
Foto: ICRC
Eritreyaning poytaxt Asmera hukumati mamlakat so‘nggi oylarda ichimlik suvi yetishmasligidan qiynalayotganini norasman tasdiqladi.
Mamlakat hukumati voqealarni jimgina kuzatib, biron-bir chora ko‘rmayapti, mahalliy aholi vaziyat kundan-kunga og‘irlashib, ulkan gumanitar inqiroz boshlanib ketishidan xavotirda.

Poytaxtliklarning aytishicha, do‘konlarda sotilayotgan ichimlik suvi ancha tortilib qolgan, qolaversa, shaharlarga ham vodoprovod suvi yetib kelishi muammo. Bu ham yetmaganidek, Eritreya hukumati aholi kelajak uchun asrab qo‘ygan 300 sisternadan oshiq suvni musodara qilgan.

Eritreyalik bir fuqaro shunday deydi: «Oxirgi to‘rt oy davomida uyimga suv kelgani yo‘q. Biroq chinakam tashnalik 2019 yilning avgustida, boshqa yerlarda ham suvlar qurib qolganidan keyin boshlandi».

Ma’lumot uchun: Eritreya — Sharqiy Afrikada, Qizil dengiz bo‘yida joylashgan. Hududi — 121,1 ming kvadrat kilometr. Aholisi — 6 million kishidan ortiq.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eritreya aholisi tashnalikdan qiynalmoqda