19:50 / 30.09.2019
2 675

Iste’molchilar orasida nemis mahsulotlari eng mashhur ekanligi aniqlandi

Iste’molchilar orasida nemis mahsulotlari eng mashhur ekanligi aniqlandi
Buyuk Britaniyadagi YouGov va Kembrij universiteti jamoatchilik fikrini o‘rganish xalqaro instituti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, Germaniyada ishlab chiqarilgan yorliqli mahsulotlar dunyo bo‘ylab iste’molchilar orasida birinchi o‘rinni egallagan. Bu haqda INTERFAX.RU xabar berdi.

23 davlat fuqarolari ishtirok etgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, respondentlarning qariyb yarmi Germaniyada ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ijobiy munosabatda va faqat 6% salbiy. Natijada Made in Germany brendlar reytingida 45 ko‘rsatkich bilan birinchi o‘rinni egallagan.

Mashhurlik darajasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Italiya mahsulotlari, Fransiya va Buyuk Britaniya uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlardan joy olgan. Yaponiya mahsulotlari to‘qqizinchi pog‘onani egallab turgan Janubiy Koreya raqiblarini ancha ortda qoldirib, beshinchi o‘rinni egallagan. Oltinchi va yettinchi o‘rinlarni Kanada va AQShda ishlab chiqarilgan mahsulotlar egallagan. Gollandiya mahsulotlari esa sakkizinchi o‘rinda.

Shu bilan birga, respondentlarning 44 foizi Xitoy mahsulotlarining imidjiga salbiy baho bergan, bu Made in China mahsulotlariga (15%) ijobiy bo‘lganlar sonidan deyarli uch baravar ko‘p. Shunday qilib, Xitoy mahsulotlari 29 ballga salbiy baho oldi va tadqiqotda ko‘rib chiqilgan mamlakatlar orasida oxirgi 12-o‘rindan joy olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Iste’molchilar orasida nemis mahsulotlari eng mashhur ekanligi aniqlandi