Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonda jamoat transportida yo‘l haqini yuzni tanish tizimi orqali to‘lash imkoniyati paydo bo‘ladi. Sof.uz nashrining xabar berishicha, ushbu tizimni Ipay kompaniyasi ishlab chiqqan.
“Bu biometriya, ya’ni yuz rasmi orqali to‘lov demakdir. Biz Telegramda ochgan bot orqali soliq to‘lovchi raqamingizni ro‘yxatdan o‘tkazishingiz, selfi tushishingiz, avtobus kartochkangizni qo‘shishingiz va tizimga ulanishingiz mumkin. Shundan so‘ng ma’lumotlaringizning ishlatilishiga ruxsat berasiz. Telefoningiz yoki to‘lov kartochkangiz bo‘lmaganida ham avtobusda bilet olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz”, – dedi kompaniya rahbari Almas Aymenov.
To‘lovning bunday usulidan foydalanmoqchi bo‘lgan yo‘lovchi kameraga qarasa kifoya, monitorda uning rasmi paydo bo‘ladi va hisobidan yo‘l haqi yechib olinadi.
Face Pay nomi berilgan mazkur tizimni qozog‘istonlik mutaxassislar ishlab chiqqan. Tizim joriy haftada ikki yo‘nalishda sinov tariqasida ishga tushiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin