Checheniston rahbari Ramzan Qodirov IShID terroristik guruhi rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy o‘ldirilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirib, mashhur rus adibi Nikolay Gogolning «Taras Bulba» asaridan iqtibos keltirdi.
«Abu Bakr al-Bag‘dodiy yana o‘ldirildi? Shu vaqtda xayolga Taras Bulbaning o‘g‘li Andriyga «Men seni dunyoga keltirdim va o‘zim o‘ldiraman», degan gaplari keladi»,— deb yozdi Qodirov telegramdagi kanalida.
Shuningdek, Qodirov terrorchilarni yaxshi va yomonga ajratish davom etarkan, Bag‘dodiyning o‘limi hech narsani hal qilmasligini qo‘shimcha qilgan.
Ma’lumot uchun, Gololning «Taras Bulba» nomli asarida bosh qahramon Taras Bulba vatanini sotgan o‘g‘li Andriyni o‘z qo‘llari bilan o‘ldiradi. Qodirov bu mashhur asardan iqtibos keltirish orqali AQSh terrorchilarga homiylik qilishi va ularni o‘zi xohlagan vaqtda yo‘qotishiga ishora qilgan.
Avvalroq OAVda IShID yetakchisi Abubakr al-Bag‘dodiy AQSh harbiylari tomonidan o‘tkazilgan operatsiya doirasida o‘ldirilgani haqida xabar tarqalgan va Donald Tramp tvitterda «Katta voqea sodir bo‘lgani» haqida post qoldirgandi.
Al-Bag‘dodiy 2014 yilda Iroqning Mo‘sul shahridagi masjidda turib Suriya va Iroq hududida xalifalik tuzilganini e’lon qilgach, hech kim ko‘rmagan. O‘tgan vaqt davomida uning og‘ir jarohat olgani, o‘ldirilgani yoki asirga olingani haqida ko‘p marta xabar tarqalgan, ammo bu xabarlarning birortasi rasman tasdiqlanmagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi