07:12 / 01.11.2019
3 217

Pokistonda poyezd portlashi natijasida 70 nafar kishi halok bo‘ldi(video)

Pokistonda poyezd portlashi natijasida 70 nafar kishi halok bo‘ldi(video)
Poyezdda nonushta tayyorlamoqchi bo‘lgan yo‘lovchilarning ehtiyotsizligi sabab gaz balloni portlagan va poyezd yonib ketgan. Natijada 70 kishi halok bo‘lgan, deb yozadi Mirror.

Pokiston rasmiylarining ta’kidlashicha, qurbonlarning aksariyati alangadan qutulish uchun harakatlanayotgan poyezddan sakrab tushishgan, ba’zilari esa olov ichida qolishgan.

Yong‘in uzoq masofali sayohatga olib kelingan ovqat pishiradigan gaz balloni portlashi oqibatida yuz bergan.
Dahshatli videolavhalarda avtoulovlar alanga ichida qolgani, ba’zi tirik qolganlarning yig‘lashi va guvohlarning dahshat bilan qarab turganlari ko‘rsatilgan.
Video

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pokistonda poyezd portlashi natijasida 70 nafar kishi halok bo‘ldi(video)