Har bir ayol o‘zining go‘zal jozibasi, xulq-atvori bilan o‘zgalarni jalb qila oladi. Aslida dunyodagi barcha ayollar go‘zal.
Media olamidagi mutaxassislar 2019 yildagi TOP 10 go‘zal ayollar kim ekanligini aniqlashdi. Quyida ularni e’tiboringizga havola etamiz.
1. Shaylene Voodley
Shaylene Voodley amerikalik aktrisa bo‘lib, 1991 yil 15 noyabr kuni tavallud topgan. Uning jozibasi ko‘pchilik muxlislar tomonidan e’tirof etilgan va TOP 10 talikning 1-o‘rinini aynan shu aktrisa egalladi.
2. Jennifer Lopez
Jennifer Lopez - amerikalik serqirra ijodkor. U moda olamining eng yetakchi dizayneri, raqqosa, qo‘shiqchi, aktrisa va Gollivud kino sanoatining prodyuseri hamdir.
Jennifer Lopez o‘zining kino, moda, xayriya jamg‘armasida muvaffaqiyatli tijoratini yuritayotgan ayol sifatida tan olingan. U juda ham maftunkor. Qolaversa, dunyodagi eng boy ayollardan biri.
3. Deepika Padukone
Bollivud va Gollivud olamidagi ayollardan ajratib turadigan o‘ziga xos xususiyatlari sifatida uning qiyofasi, tabassumi va maftunkor ko‘zlarini mutaxassislar alohida ta’kidlab o‘tishgan. U kino sohasida katta yutuqlarga erishgan va 2 ta "Filmfare" mukofotiga sazovor bo‘lgan ayol.
4. Emma Uotson
Emma Uotson ko‘plab insonlarning sevimli aktrisasi. U 25 yoshli yosh, maftunkor britaniyalik model va aktivist. U 1990 yil 15 aprelda tug‘ilgan. "Garri Potter" filmidagi Germiona Grayjer nomli bosh roli unga kino olamida ulkan zafarlar olib keldi.
5. Gal Gadot
Isroillik model va aktrisa. U 2004 yilda "Miss Israil" unvoniga sazovor bo‘lib, "Koinot go‘zali" tanlovida qatnashishga muyassar bo‘lgan. "Forsaj" filmida Gisele Yashar rolini o‘ynaydi va shu roli orqali dunyoga tanilgan.
6. Teylor Svift
U amerikalik bastakor va qo‘shiqchi. Teylor o‘zining shaxsiy hayoti haqida hikoya qiluvchi qo‘shiqlari bilan mashhur bo‘lgan.
7. Priyanka Chopra
Sobiq "Miss World", ya’ni Priyanka Chopra ko‘plab muxlislariga ega maftunkor aktrisa. U Bollivudda eng ko‘p maosh oladigan aktrisa sifatida tan olingan.
8. Kate Upton
Kate - amerikalik ingliz model va aktrisa. U 1992 yil 10 iyunda tug‘ilgan. U asosan "Sport Illustrated Swimsuit" da mashhur bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan.
9. Pia Burtzbach
Bu go‘zal malika Pia Romero nomi bilan ham mashhur. U aktrisa, shuningdek, model. 2015 yilda "Koinot malikasi" deb e’tirof etilgan.
10. Shakira
Barchamizga tanish bo‘lgan go‘zal xonanda Shakira. U Kolumbiyaning Barranquilla shahrida tug‘ilgan. U o‘zining birinchi musiqasini yoshlik chog‘idayoq yozgan va 13 yoshida xushovoz xonanda sifatida tanilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?