Foto: myRepublika
Nepal markaziy viloyatida ro‘y bergan avtohalokat — avtobusning daryoga qulashi oqibatida 15 nafar odam halok bo‘lgan, 50 nafar yo‘lovchi turli tan jarohatlari olgan va 3 nafar odam bedarak yo‘qolgan. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib Daryo xabar qildi.
Avtohalokat 3 noyabr, yakshanba kuni sodir bo‘lgan. Nepal poytaxti Katmandu tomon harakatlanayotgan avtobus avtomobil yo‘lidan chiqib ketgan va Sindxupalchok tumanidan oqib o‘tuvchi daryoga qulagan.
Politsiyachilar 50 nafar yo‘lovchini qutqarishga va shifoxonaga yetkazishga muvaffaq bo‘ldi. Jarohat olganlar orasida olti nafar bemorning holati og‘ir ekani ma’lum qilinmoqda.
Foto: Himalayan Times
Mahalliy DD News telekanali ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida sakkiz nafar ayol va ikki nafar bola bor.
Avval Saudiya Arabistonida ichida ziyoratchilar bo‘lgan avtobusning yonishi oqibatida 36 nafar yo‘lovchining halok bo‘lgani xabar qilingan. Keyinchalik O‘zbekiston TIV ushbu xabarga munosabat bildirib, Madinada ro‘y bergan yo‘l transport hodisasidan keyin vafot etganlar va jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari borligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmaganini ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Blinkenning Xitoyga tashrifi. Nimalar muhokama qilingan?
Volkswagen va Volvo kompaniyalari O‘zbekiston fuqarolarini ishga taklif qildi
Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi
Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Kim Chen In iqtisodni jonlantirish uchun Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda