Rossiya 2018 yil may oyidan 2019 yil apreligacha Venesuelaga 315 mln dollar naqd pul jo‘natgan. Bu haqda manbalarga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi. Pullar dollar va yevroda 6 ta aviareys bilan jo‘natilgan va Bandes bankiga tushgan.
Ta’kidlanishicha, valyutani “Yevrofinans Mosnarbank” Rossiya-Venesuela banki va “Gazprombank” jo‘natgan. Ma’lum qilinishicha, bu pullar Venesuela xorijda saqlagan valyuta hamda neft va oltin uchun to‘lov yoki “Yevrofinans Mosnarbank” dividendlari bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yil may va iyulida 55 mln dollardan 2 ta reys, 2019 yil yanvarida “Gazprombank”dan yana 2 ta reys (50 mln va 113 mln dollar) amalga oshirilgan. Aprelda “Yevrofinans Mosnarbank”ning 97 mln dollar pul yetkazgan yana 2 ta reysi qayd qilingan.
Venesuela hukumatidagi manba Karakas “Yevrofinans Mosnarbank” bilan bog‘liq pullarni olganini ma’lum qilgan. Boshqa tafsilotlar oshkor qilinmagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi