
Foto: Getty Images
Suriya hukumati kuchlari va Turkiya armiyasi harbiylari o‘rtasida Suriya shimoli-sharqida "shafqatsiz to‘qnashuv" sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Suriyaning SANA agentligiga tayanib Kun.uz.
To‘qnashuv Xasaka viloyatidagi Ras-al-Ayn shahri yaqinida yuz bergan.
Associated Press agentligining xabar berishicha, to‘qnashuv vaqtida yirik kalibrli pulemyotdan o‘t ochilgan. Agentlik bu quroldan qaysi taraf foydalanganiga aniqlik kiritmagan.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 9 oktyabrda kurd jangarilari va IShID terrorchilariga qarshi kurashish maqsadida "Tinchlik bulog‘i" operatsiyasi boshlanganini e’lon qilgandi.
"Tinchlik bulog‘i" operatsiyasi Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng 23 oktyabrda to‘xtatildi.
Suriya HukumatiTurkiya ArmiyasiTo‘qnashuvXasaka ViloyatiTinchlik Bulog‘iRajab Toyyib Erdo‘g‘an O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar