Fransiyalik alpinist, «o‘rgimchak-odam» laqabi bilan ma’lum bo‘lgan Alen Rober Parijning Defans tumanidagi 152 metrlik “Arian” binosining eng yuqori nuqtasiga ko‘tarila olmadi. Bu haqda Le Parisien nashri xabar berdi.
Avgustda 57 yoshini qarshilagan ekstremal 13 noyabr soat 11 atrofida binoga ko‘tarilishni boshlagan va binoning eng yuqorisiga deyarli chiqa olgan. Biroq ekstremal binoning tomiga chiqishni uddalay olmay, yuqori qavatdagi xonalardan birining oynasi orqali bino ichiga kirgan. Uning ortidan politsiyachilar kuzatib turishgan. Rober liftda birinchi qavatga tushgach, politsiyachilar tomonidan ushlanib, komissariatga olib ketilgan.
#AlainRobert, le Spiderman français en pleine escalade à mains nues de la Tour #Ariane à #ParisLaDéfense ! De quoi donner le vertige ! ???? pic.twitter.com/R0j7P7pxAL
— Paris La Défense (@ParisLaDefense) November 13, 2019
Bu Roberning joriy yilda Defansdagi ofis binolariga ikkinchi ko‘tarilishidir. 25 mart kuni u Engie energetik kompaniyasining 145 metrlik binosiga 45 daqiqa ichida ko‘tarila olgandi.
Ginness rekordlar kitobiga kiritilgan fransuzning hisobida bunday ko‘tarilishlardan yuzga yaqin bor. U o‘z vaqtida AQShdagi Empayr-steyt-bilding, Parijdagi Eyfel minorasi, Moskva davlat universitetining bosh binosi, Kuala-Lumpurdagi Petronas minoralari, Barselonadagi Agbar binosini zabt eta olgan.
“O‘rgimchak-odam” Defans tumanida shuningdek Total va Areva kompaniyalari binolariga ko‘tarilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring