
Xitoylik transplantolog-jarrohlar 30 yil davomida tamaki chekkan odamning o‘pkasi qanday ko‘rinishda bo‘lishini ko‘rsatishdi. Bu haqda Fox News telekanali xabar berdi.
Ushbu o‘pka videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqab, 25 mlndan ko‘proq namoyish to‘plagan. Foydalanuvchilar videoni “barcha zamonlarning tamakiga qarshi eng yaxshi reklamasi” deb atashgan.
Ushbu o‘pka 52 yoshli erkakka tegishli bo‘lib, u o‘z organlarini boshqalarga xayriya qilgan. U o‘limigacha kompyuter tomografiyasidan o‘tmagan, shu sababli jarrohlar uning o‘pkasi qanday holatdaligini uni chiqarib olishgandan keyingina bilishgan. Aniqlanishicha, o‘pka ko‘chirib o‘tkazish uchun mutlaqo yaroqsiz holatda bo‘lgan. Videoda o‘pka qora qatron bilan qoplanganini ko‘rish mumkin.
Chen Jingyu Lung Transplantation Team received a brain death donation for the lung, the donor was 52 years old, After smoking for nearly 30 years, mild emphysema, bullae and calcification of tuberculosis were observed in the lung dust. Many smokers China have the same lung pic.twitter.com/Lbm1oQd2EU
— misskashmir (@saga63048934) November 15, 2019
“Mamlakatdagi aksariyat tamaki chekuvchilarning o‘pkalari shunday ko‘rinishdadir. Bunga bir qarang, bundan keyin ham tamaki chekishga jur’at eta olasizmi?”, deb yozgan shifokorlardan biri. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar