
Lockheed Martin korporatsiyasi AQSH harbiy-havo kuchlari uchun yangi ARRW raketasini ishlab chiqish maqsadiga 988,8 million dollar oldi. Bu haqda Pentagon xabar berdi.
Raketani ishlab chiqish Orlando shahrida boshlanadi va 2022-yil 31-dekabrda nihoyasiga yetishi lozim.
Korporatsiya konstruksiya loyihasini ishlab chiqishi, sinovlar oʻtkazishi va raketani turkum ishlab chiqarishga tayyorlashi kerak boʻladi.
Lockheed Martin 2018-yildan buyon boshqa kompaniyalar bilan hamkorlikda ARRW gipertovushli raketasini ishlab chiqish ustida ish olib bormoqda. Oʻshanda ushbu maqsad uchun 480 million dollar ajratilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar