22:11 / 07.12.2019
7 301

Nima uchun Dubay boy shahar hisoblanadi?

Nima uchun Dubay boy shahar hisoblanadi?
Bilamizki, ushbu shahar dunyo bo‘yicha boy shahar hisoblanadi. U Birlashgan Arab Amirliklari tarkibida bo‘lib, u yerda bir necha asrlar mobaynida neft konlari asosiy zaxira resursi hisoblanadi.

Ko‘pchilikning fikricha, Dubayning bunchalik boy shahar bo‘lishiga uning ko‘rfazga yaqin bo‘lganligi deb sabab ko‘rsatilgan, ammo davlatning 100 milliard dollarga yaqin daromadi ko‘chmas mulk, havo yo‘llari va portlardan keladi.
Neft davlatga keladigan daromadning atigi yetti foizini tashkil etadi, bir qismi esa sanoat va quruqlikdagi katta investitsiyalar hisobiga shakllanadi.

Shtatning progressiv rivojlanishining sababi Dubay hukmdorlari tomonidan qabul qilingan g‘arb usullari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Hozirgi kunda mazkur shahar investitsiyalar kiritishga ham katta e’tibor bermoqda.

2000 yilda Dubay Internet City ochilishi dunyodagi katta investorlarni e’tiborini tortishiga sabab bo‘ldi.

Burj Xalifa (qurilish ishlari uchun 1,5 milliard dollar) hozirgi kunga qadar sayyoradagi eng baland bino bo‘lib, bu shaharda turizm sohasini gullab-yashnashiga katta hissa qo‘shadi. Bundan tashqari Palma orollari (qurilish ishlari uchun 12,3 milliard dollar) shaharga bo‘lgan talabni yangi bosqichga olib chiqdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nima uchun Dubay boy shahar hisoblanadi?