YouTube blogerlari hamda foydalanuvchilari ishtirokida tashkillashtirilgan 1 dollar – 1 daraxt loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Avval xabar qilganimizdek, YouTube blogeri Jimmy “MrBeast” Donaldson #TeamTrees tashabbusini e’lon qilgan edi. Loyiha 2020 yilning 1 yanvariga qadar dunyo bo‘ylab 20 million dona daraxt o‘tqazishni niyat qilgan Arbor Day Foundation tashkilotiga yordam berish uchun 20 million dollar yig‘ishni maqsad qilgan edi.
Bugun, 20 dekabr kuni Arbor Day Foundation tashkiloti loyiha uchun kerakli mablag‘ - $20 million yig‘ilganini ma’lum qildi.
“Daraxtlar hayotimizning juda muhim qismini tashkil qiladi. Ular havoni tozalaydi, ichimlik suvini himoya qiladi, atrof-muhitni sog‘lomroq qiladi hamda odamlarni boqadi. Biroq, bu hayot himoyachilari dunyo bo‘ylab qisqarib bormoqda…
Birgalikda biz buni o‘zgartira olamiz. Birgalikda biz daraxtlarni saqlab qolamiz”, - deyilgan tashkilot xabarida.
Loyiha dunyo bo‘ylab qiziqishlarga sabab bo‘ldi. Tesla, SpaceX kabi bir qator loyihalar muallifi Ilon Mask $1 million, Twitter bosh direktori Jek Dorsey $150 ming mablag‘ bergan.
Umuman olganda bu yil iqlim o‘zgarishlari, ekologik masalalar dunyo bo‘ylab keng muhokama qilingan yil bo‘ldi.
16 yoshli shved ekofaoli Greta Tyunberg BMTda iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha nutq so‘zladi, Time nashri tomonidan “Yil odami” deb topildi, Forbes nashri tomonidan “Eng qudratli ayollar top-100”ga kirdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi