YouTuber falajlangan otasi uchun robot nogironlar aravachasini yaratdi

Mashhur YouTuber falajlangan otasining hayotini yengillashtirish maqsadida tog‘li va notekis yo‘llarda ham bemalol harakatlana oladigan innovatsion robot nogironlar aravachasini yasadi. Qurilma qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Loyiha Xitoyning Unitree kompaniyasi ishlab chiqqan it ko‘rinishidagi robot platformasi asosida yaratilgan. Muallif robotni otasining ehtiyojlariga moslashtirish uchun unga maxsus o‘rindiq, boshqaruv tutqichlari hamda tungi vaqtda harakatlanish uchun fara o‘rnatgan.
Bundan tashqari, robotning dasturiy ta’minoti ham qayta ishlab chiqilgan. Natijada qurilma zinalar, notekis yo‘llar va murakkab releflarda oddiy nogironlar aravachasiga qaraganda ancha erkin harakatlana oladi.
Muallifning ta’kidlashicha, loyiha hali sinov bosqichida. Robot ayrim holatlarda muvozanatini yo‘qotib yiqilib qolishi mumkin. Shunga qaramay, u qurilmani yanada takomillashtirish, xavfsizlik tizimini kuchaytirish va uni kundalik foydalanish uchun ishonchli transport vositasiga aylantirish ustida ishlashni davom ettirmoqda.






























Izohlar 0
…