340 million obunachiga ega YouTuber MrBeast uylandi!

Dunyodagi eng mashhur yutuberlardan biri Jimmi Donaldson shaxsiy hayotidagi yangilikni muxlislari bilan bo‘lishdi. MrBeast taxallusi bilan tanilgan bloger 2022 yildan buyon munosabatda bo‘lgan Tea Buysen bilan tropik sohilda nikohdan o‘tdi.
Juftlikning turmush qurish rejasi 2024 yilgi Rojdestvoda ma’lum bo‘lgan edi. O‘shanda Donaldson Teaga oila qurishni taklif qilgan. Keyinchalik kelin Italiyada bir oy davom etgan turmushsizlik bilan xayrlashuv tadbirini o‘tkazdi.
To‘y uchun MrBeast bezaklari ko‘p bo‘lmagan oq kostyumni tanlagan. Tea Buysen kelinlik libosida bo‘lgan. Donaldson marosimdan olingan suratlarni Instagramda e’lon qilib, "Missis Bistni topdim. Hayotimdagi eng go‘zal kun edi", degan yozuv qoldirdi.
Tea ham nikohdan so‘ng ijtimoiy tarmoqdagi ismini "Tea Donaldson" deb o‘zgartirdi. 340 milliondan ziyod obunachiga ega blogerning to‘yi muxlislar orasida tez tarqalib, ko‘plab tabriklarga sabab bo‘ldi.































Izohlar 0
…