
Yaponiyaning TBS telekanali turli xalqlarning o‘ziga xos jihatlariga bag‘ishlangan televiktorina o‘tkazib keladi. Ko‘rsatuvning navbatdagi sonlaridan birida o‘zbeklarga xos odatlar haqida so‘z bordi.
Dasturda Tokio xalqaro universitetining 4-kurs talabasi Abdulloh Musayev viktorina qatnashchilariga navbatma-navbat uchta savol berdi:
1. Yaqin-yaqingacha Toshkent metrosi ichida suratga olishga nega taqiqlangan edi? (Metro bekatlari favqulodda vaziyatlarda boshpana sifatida qo‘llanishi ko‘zda tutilgani uchun)
2. Surati ekranda ko‘rsatilgan, yog‘ochdan ishlangan asbob nima? Ko‘plab o‘zbekistonliklar chaqaloqligida bu vositadan foydalanishgan, uning plastmassadan ishlangan varianti ham bor (beshik sumagi)
3. Ekrandagi suratda – O‘zbekistonda erta sahar kuzatiladigan, faqat erkaklar ishtirokida o‘tadigan tadbir. Ular nima uchun yig‘ilishgan? (nahorgi osh)
Япониядаги викторинада наҳор оши ва бешик сумаги ҳақида савол берилди (видео) Япониянинг TBS телеканали турли халқларнинг ўзига хос жиҳатларига бағишланган телевикторина ўтказиб келади. Кўрсатувнинг навбатдаги сонларидан бирида ўзбекларга хос одатлар ҳақида сўз борди.
Опубликовано KUN.UZ кундалиги Вторник, 24 декабря 2019 г.
Yapon bilimdonlari savol egasidan qo‘shimcha yordam olib bo‘lsa-da, har uchala savolga ham to‘g‘ri javobni topa olishdi.
Ular javob sifatida turli variantlarni aytib ko‘rishdi. Masalan, Toshkent metrosining takrorlanmas arxitekturasini boshqalar ko‘chirmasligi uchun u yerda suratga olish taqiqlangan, degan taxminni bildirdilar.
Sumak haqida gap ketganda esa, sigaret, periskop, nindzyalarning bambugiga o‘xshash nafas oladigan vosita kabi variantlarni aytib ko‘rishdi.
Nahorgi osh haqidagi savolda esa unda faqat erkaklar qatnashishi bilimdonlarni ancha o‘ylantirdi. Ular bitiruv kechasi, tavba qilish marosimi va xayriya tadbiri kabi taxminlarni sanab o‘tishdi.
Ma’lumot uchun, ko‘rsatuvda qatnashgan o‘zbekistonlik yigit Abdulloh – Gulistonda tug‘ilib o‘sgan. O‘qishdan bo‘sh vaqtlarida yapon maktablariga borib, bolalarga O‘zbekiston haqida hikoya qilib beradi, o‘z ishlanmalarini ko‘rsatadi.

Ba’zida esa uni NHK telekanalidan chaqirib qolishadi – ba’zan kinoda kichik rollarni ham o‘ynab turadi.


Bu esa uning yashash xonasi:

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar