
Foto: U.S. News & World Report
U.S. News & World Report ekspertlari dunyodagi eng ommabop 35 ta parhezni baholadi. Mazkur reytingda O‘rta yer dengizi parhezi 2020 yilda eng yaxshisi deb topildi.
«O‘rta yer dengizi davlatlarida odamlar uzoqroq yashaydi va aksariyat amerikaliklarga nisbatan saraton va yurak qon-tomir kasalliklariga kamroq chalinadi. Buning siri oddiy — faol hayot tarzi, vaznning doimiy nazorati, qizil go‘sht, shakar, yog‘ kam bo‘lgan va energetik jihatdan qimmatli, salomatlik uchun foydali mahsulotlarga boy bo‘lgan parhez», — deyiladi bunga qoldirgan izohda.
Ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni tuz, shakar va yog‘ ko‘p bo‘lgan mahsulotlarni kamaytirish yoki ulardan to‘liq voz kechishni nazarda tutuvchi DASH-parhez egalladi.
Uchinchi o‘rin moslashuvchan vegetarian parheziga nasib qildi. Mazkur parhez go‘shtdan voz kechishga chaqiradi, biroq istisnolar ham bor — juda istalgan taqdirda uni iste’mol qilish mumkin.
O‘rta Yer DengiziYildaParhez BaholashU.S. NewsFaol HayotVegetarian Parhez O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar