
Rossiyalik xonanda Lolitta Yangi yil kuni ichib mast bo‘lib qolgan va sharoblar to‘la qutilar ustida uxlab qolgan.
Rossiyalik xonanda Lolita Milyavskayaning so‘zlariga ko‘ra, bu uning talabalik yillarida, Tambovda o‘qiyotganda sodir bo‘lgan. 31 dekabr kuni u restoranda yangi yil munosabati bilan tashkil etilgan shouda kuylashi kerak bo‘lgan.
“Yarim tun. Hamma charchagandi. Esimda, bir stakan venger sharobini ichib, o‘sha yerdagi qutilar ustida uxlab qolgandim", - dedi Milyavskaya.
Ta’kidlanishicha, tashkilotchilar qo‘shiqchini uyg‘otishgan, Lolita sahnaga ham chiqqan, ammo mehmonlarni faqat Yangi yil bilan tabriklab, yana o‘sha joyga borib uxlab qolgan.
"O‘sha ishimdan hali hamon uyalaman", deb tan oladi Lolita. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar