Rasmiy Tehron BMT Xavfsizlik Kengashiga maktub yo‘llab, AQSH bilan urush boshlashga urinmayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar bermoqda.
“Biz urush boshlashga harakat qilmayapmiz. Eronga qarshi har qanday harbiy avantyuraga qarshi javob qaytarishga tayyor ekanimiz haqida ogohlantiramiz”, – deyiladi maktubda.
Eron davlat televideniyesi xabariga ko‘ra, ushbu maktub AQSHning Iroqdagi ikki harbiy bazasiga raketa zarbasi berilganidan keyinoq BMT Xavfsizlik Kengashi va Bosh kotib Antoniu Guterrishga yuborilgan.
Eron Tashqi ishlar vaziri Javod Zarif aviazarbalar xalqaro qonunlar doirasida amalga oshirilganini bildirdi.
“Eronning o‘zini himoya qilishi BMT nizomining 51-moddasiga tayanadi”, – deya yozdi u Tvitterdagi sahifasida. Vazirning ta’kidlashicha, Eron urushni xohlamaydi, lekin har qanday hujumga qarshi o‘zini himoyalashga tayyor. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)