20:53 / 05.02.2020
8 360

Putin uchun uyushtirilgan “fuqarolar bilan suhbat“da snayperlarni sezib qolishdi

Putin uchun uyushtirilgan “fuqarolar bilan suhbat“da snayperlarni sezib qolishdi
Foto: Yandeks
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Cherepoves aholisi bilan suhbatlashish uchun to‘xtab, bir necha soniyaga chiqqan joy qattiq qo‘riqlangan. Bu haqda Rosbalt'ga tayanib Sof.uz xabar berdi.

Jurnalistlar tomonidan yozib olingan yozuvlardan birida, prezident avtoulovi temir to‘siq oldida to‘xtagan va u yerda o‘nlab fuqarolar turgan. Putin "Aurus" avtomobilidan chiqib, panjara orqali bir necha kishi bilan qo‘l berib ko‘rishgan. Aholi bilan uchrashuv taxminan 20 soniya davom etib, so‘ng prezident mashinaga o‘tirib jo‘nab ketgan.

Telesyujetlarda, "prezident kortejni kutilmaganda to‘xtatdi" deb xabar berilgan, ammo ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan yana bir tasvir shuni ko‘rsatadiki, fuqarolar yig‘ini oldindan tashkil etilgan va bu joy binolarning birini tomida navbatchilik qilayotgan snayper tomonidan qo‘riqlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin uchun uyushtirilgan “fuqarolar bilan suhbat“da snayperlarni sezib qolishdi