Foto : AP/Amy Harris
Amazon asoschisi va rahbari Jeff Bezos 2012 yildan beri tuziluvchi Bloomberg Billionaires Index (BBI) ro‘yxatidan joy olganlar orasida bir hafta ichida eng katta qiymatdagi aksiyalarni sotgan kishi bo‘ldi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.
Dunyoning eng badavlat odami bo‘lgan Bezos 31 yanvardan 6 fevralgacha oraliqda 4,1 mlrd dollarlik 2 mlnta aksiyasini sotgan. BBI talqiniga ko‘ra, bu reyting tarixida bir hafta ichida sotilgan eng katta qiymatdagi aksiyalar bo‘ldi.
Avvalroq Bezos 31 yanvar va 3 fevralda Amazon’ning o‘ziga tegishli 1,74 mlrd dollarlik aksiyalarini sotgani ma’lum qilingandi. Ta’kidlanishicha, soliqlar to‘langandan keyin milliarderning ushbu amaliyotdan olgan sof daromadi 1,3 mlrd dollarni tashkil qilgan.
2016 yilda WhatsApp asoschilaridan biri Yan Kum bir necha oy ichida Facebook’ning 4 mlrd dollarlik aksiyalarini sotgan. Shu yili Stiv Jobsning rafiqasi Loren Pauell Jobs ham Walt Disney Co. kompaniyasining o‘ziga tegishli 6 mlrd dollarlik aksiyalarini sotib yuborgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi