Foto: Pixabay
“Tolibon” va AQSH delegatsiyalari o‘rtasida uzoq davom etgan muzokaralardan keyin kelishuv tayyorlandi va 29 fevral Dohada ikki tomondan imzolanadi. Bir qator davlatlar va xalqaro tashkilotlar delegatsiyalari marosimda kuzatuvchilar sifatida ishtirok etadi”, deb ma’lum qilgan “Tolibon”ning Dohadagi rasmiy vakili Suhayl Shaxin tvitterda. Ushbu axborotni AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo ham tasdiqlagan.
“O‘nlab yillar davom etgan ixtilofdan keyin biz toliblar bilan Afg‘onistonda zo‘ravonlikni qisqartirish haqidagi kelishuvga keldik. Bu tinchlik uchun uzoq davom etgan yo‘ldagi muhim qadamdir, men barcha afg‘onlarni bu imkoniyatdan foydalanib qolishga chaqiraman”, deb yozgan o‘z navbatida Pompeo tvitterda.
Ma’lum qilinishicha, AQSH avvalroq toliblar bilan Afg‘onistonda 7 kunga zo‘ravonlikni to‘xtatishni muhokama qilgan. Bu vaqt ichida “Tolibon” portlashlar va raketa hujumlari sodir etmaslikka va’da bergan. Ushbu jarayon 22 fevralga o‘tar kechasi boshlanishi kerak.
AQSH va “Tolibon” Dohada 2019 yil davomida muzokaralar olib borgan, biroq tinchlik kelishuvining imzolanishi Afg‘onistonda amerikalik harbiylarning halok bo‘lishiga olib kelgan terakt sababli barbod bo‘lgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi
Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi”
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi