Foto: RIA "Novosti"
Rossiyada sud pristavlari mashinada tezlikni oshirganlik uchun jarimani to‘lamagan 87 yoshli Bedros Kirkorovni qidirishmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda ta’kidlanishicha, gap rossiyalik qo‘shiqchi Filipp Kirkorovning otasi haqida bormoqda.
«RIA Novosti» bergan xabarga ko‘ra, Bedros Kirkorov umumiy qiymati 6 ming rublni tashkil qiluvchi 8 ta jarimani to‘lamagan. Jarimalardan 6 tasi Novgorod oblastida, ikkitasi Moskva oblastidagi qoidabuzarliklar uchun yozib berilgan.
Nashrning ta’kidlashicha, Bedros Kirkorov sud pristavlari federal xizmati bilan nizoga borishni istamasa, “sud pristaviga murojaat qilishi” taklif qilingan.
Qariyaga yozib berilgan jarimalardan oxirgisi 14 fevral bilan sanalangan, qolganlari esa 2019 yilga tegishli.
Ta’kidlanishicha, qariya jarimani to‘lamasa, haydovchilik guvohnomasidan va mamlakatni tark etish huquqidan mahrum qilinishi mumkin.
Ma’lum qilinishicha, Bedros Kirkorov Novgorod oblastida o‘z xo‘jaligiga ega bo‘lib, Moskvadagi turli tadbirlarga borishni va yuqori tezliklarni yaxshi ko‘radi. U Lexus RX270 mashinasida harakatlanadi.
Bedros Filippovich Kirkorov arman millatiga mansub Bolgariya, sobiq ittifoq va Rossiya qo‘shiqchisi hisoblanadi. U Bolgariya va Rossiya xalq artisti unvonlariga ega. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi