
Foto: Evening Standard
Butun dunyoda tibbiyot xodimlari koronavirus yuqtirib olmaslik uchun qo‘l siqib salomlashmaslik va xayrlashmaslikni tavsiya qilmoqda.
Ammo ushbu uzoq yillik an’anadan voz kecha olmayotgan mashhur insonlar, jumladan, siyosat olami vakillari ko‘p uchramoqda. Masalan, shahzoda Charlz bu borada katta muvaffaqiyatlarga erishmoqda.
— Shukhrat (@bankir2102) March 14, 2020
Buyuk Britaniya qirolligi vakili ko‘pincha kimgadir peshvoz chiqqanida beixtiyor so‘rashish uchun qo‘l uzatib, so‘ngra taqiq esiga tushib, qo‘l siqishish fikridan qaytmoqda.
Avval shifokorlarning ushbu tavsiyasi sabab butun dunyoda salomlashishning antiqa usullaridan foydalanilayotgani haqida xabar va video berilgandi.
— Shukhrat (@bankir2102) March 14, 2020
Qo‘l berib salomlashmaslik Germaniya kansleri Angela Merkel Berlinda migrantlar birlashmalari vakillari bilan uchrashuvda mamlakat ichki ishlar vaziri Xorst Zeyexoferning yonidan o‘tayotib, so‘rashish uchun unga qo‘lini uzatgan, ammo vazir uning qo‘lini siqishdan bosh tortganidan keyin, ayniqsa, shov-shuvga sabab bo‘ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar