11:05 / 19.03.2020
3 325

Meksikada vaziyat qanday?

Meksikada vaziyat qanday?
Meksika prezidenti AMLO(Andres Manuyel Lopez Obrador) "mas’uliyatsiz" va "yuqtirish manbai" deb haqoratlandi, sababi shundaki, u ijtimoiy masofa saqlash qoidalariga xilof ish tutgan.

Andres Manuyel Lopes Obrador o‘z hukumatining ortib borayotgan koronavirus pandemiyasini to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatmalariga rioya qilmagani uchun tanqid qilindi. AMLO, uning nomi bilan aytganda, ommaviy mitinglar o‘tkazishda davom etdi, fuqarolarga qo‘l silkitdi va hatto tarafdorlarini bag‘riga bosib kutib oldi.

Meksikaning sobiq prezidenti Felipe Kalderon tvitterda Lopes Obrador pandemiyani yuqtirib olishga sabab bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Lopes-Obrador bloger Frida Garsiya tomonidan matbuot anjumanini o‘tkazish uchun xonaga kirishdan oldin qo‘llarni tozalash vositasidan foydalanishni rad qildi.

Anjumanda maktablarni vaqtincha yopish, ta’til kabi mamlakatda amalga oshirilayotgan oldindan ogohlantiruvchi choralarga izoh berdi. 23 martdan boshlab maktablar to‘xtatilishini ma’lum qildi.

Ushbu hafta oxirida Meksika sog‘liqni saqlash vazirligi "Sana Distancia" yoki "Sog‘lom masofa" deb nomlangan tashabbusni amalga oshirishni rejalashtirgan.

Meksikada 50 dan ortiq tasdiqlangan koronavirus holatlari qayd etilgan. Davlat ba’zi qo‘shni mamlakatlarga qaraganda virusga kam e’tibor qaratmoqda: chegaralar hanuzgacha ochiq va hali ham chet ellik mehmonlar kelishi cheklanmagan. Dam olish kunlari Mexiko shahrida katta musiqa festivali bo‘lib o‘tdi, futbol o‘yinlari ham hanuzgacha muxlislar e’tiborida.

66 yoshli Lopez Obradorning aytishicha, agar sog‘liqni saqlash xodimlari unga jamoatchilik bilan uchrashishni to‘xtatishni tavsiya qilsalar u buyruqqa amal qiladi, ammo yuz niqobini taqishga hojat yo‘qligini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar aytganidek koronavirus tekshiruvini o‘tkazishi mumkin, ammo bu holat aholini ham murakkab laboratoriyalarda tekshiruvdan o‘tishga undaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Meksikada vaziyat qanday?