14:44 / 25.03.2020
3 244

Hindistonda go‘dakni koronavirus sharafiga nomlashdi

Hindistonda go‘dakni koronavirus sharafiga nomlashdi
Foto: «Eg.ru»
Hindistonning Uttar Pradesh shtatida yangi tug‘ilgan chaqaloqqa koronavirus shafariga Korona deb ism qo‘yishdi, deb yozadi "Xabar" nashri «Dessan Herald»ga tayanib.

Bolaning amakisi Nitesh Tripati jurnalistlarga ma’lum qilishicha, kasallik odamlarni birlashtirdi va sog‘lom turmush tarzi ommalashishiga xizmat qildi. Uning aytishicha, hozir vahima qilmaslik, hukumat va tibbiyot xodimlarining maslahatlariga amal qilish nihoyatda muhim.

«Bu go‘dak odamlarning virusga qarshi birdamligi ramziga aylanadi», — deydi u.

Korona 22 mart kuni komendantlik soati joriy etilishidan bir necha soat oldin dunyoga keldi. Go‘dak sog‘lom. Hozir onasi bilan birga shifoxonadan chiqishga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda go‘dakni koronavirus sharafiga nomlashdi