Foto: CNN
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning holati barqaror, u reanimatsiya bo‘limida shifokorlar kuzatuvida bo‘lib turibdi. Bu haqda hukumat devonxonasi vakili ma’lum qildi.
"Bosh vazirning holati barqaror, u intensiv davolash palatasida qolmoqda. Uning kayfiyati yaxshi", - deyiladi devonxona vakilining bayonotida.
Avvalroq uning vazifasini bajarib turgan mamlakat tashqi ishlar vaziri Dominik Raab koronavirusga chalingan Boris Jonson kasallikni yengishiga umid bildirgandi.
Jonson koronavirusga chalingani to‘g‘risida 27 mart kuni ma’lum qilgandi. O‘shandan buyon u o‘z-o‘zini izolyatsiya qilgan va ishlashda davom etayotgandi.
Boris Jonson 3 aprel kuni videomurojaatida unda yuqori harorat saqlanib turganini aytdi. 5 aprel kuni Jonson kasalxonaga yotqizilgani ma’lum qilindi. Ertasi kuni esa Jonsonning ahvoli yomonlashgani va reanimatsiya bo‘limiga joylashtirilgani e’lon qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
“Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi
Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz"
Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi
Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda
17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi