11:55 / 08.04.2020
8 021

Hindistonda koronavirusdan dahshatliroq xavf izg‘ib yuribdi (video)

Hindistonda koronavirusdan dahshatliroq xavf izg‘ib yuribdi (video)
Foto: «Gujaraticulture.org»
Hindistonda shahar bo‘ylab aylanib yurgan sherni videoga olishdi, deya xabar berdi «UPI». Hindiston o‘rmon xizmati xodimi Syuzanta Nanda ijtimoiy tarmoqlar orqali video yozuvni taqdim etdi. U mahalliy aholini koronavirusdan ko‘ra ko‘proq uyda qolishga majbur qiladi.

Kadrda qorong‘uda Gujarat shtati aholi punktlaridan birida izg‘ib yurgan yirtqich hayvonni ko‘rish mumkin.
Nandaning aytishicha, rolik sherni uyining derazasidan payqab qolgan fuqaro tomonidan tasvirga olingan.

«Bu tashqarida yuqtirib olish mumkin bo‘lgan koronavirus emas, lekin undan ham xavfli. Shu bois uyda qoling, xavf-xatardan xoli bo‘ling», — deb yozadi Nanda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda koronavirusdan dahshatliroq xavf izg‘ib yuribdi (video)