
Saudiya Arabistonida istiqomat qiladigan bloger Hani Halavani rafiqasi bilan bog‘liq bir qancha roliklarni suratga olib, internetga joyladi. Videoda u hojatxonadan suv olib, qaynatib, choy damlagani va turmush o‘rtog‘i Alanud Yamaniga taklif qilgani tasvirlangan.
Ayol avvaliga nimadandir shubha qilib, choyni ichishni istamaydi, ammo keyinchalik xo‘plab ko‘rgach, o‘g‘liga ham ichiradi. Ayni vaqtda ushbu video internetdan o‘chirib tashlangan. U namoyish etilgandan so‘ng internet foydalanuvchilari orasida katta norozilik keltirib chiqardi.
Saudiya Arabistoni politsiyasi ayni vaqtda blogerni qo‘lga olgan. Agarda Halavani o‘zgalar hayotiga xavf solishda aybdor deb topilsa katta miqdorda jarima to‘lashi yoki besh yil muddatga qadar qamalishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar