date
views 2 466

Rossiyaning koronavirus testlarini tanqid qilgan Lukashenkoga javob berildi

Rossiyaning koronavirus testlarini tanqid qilgan Lukashenkoga javob berildi
Foto:RIA «Novosti»
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bir muddat avval Rossiyaning «COVID-19» koronavirusini aniqlovchi testlari aksar hollarda xato natija berishi haqida gapirgandi. O‘z o‘rnida rossiyaliklar Lukashenkoga javob yo‘llashdi.

«Belarus Respublikasiga taqdim etilgan koronavirusni aniqlovchi sinov testlari ko‘p jihatdan boshqa xorijiy hamkasblarinikidan ustundir» deyiladi javobda.

«Stopkoronavirus.ru» portaliga berilgan bayonotda «Vektor» Davlat virusologiya va biotexnologiya ilmiy ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqilgan yangi turdagi koronavirus infeksiyasini aniqlash sinov tizimlari ko‘p jihatdan chet el analoglaridan ustunroq ekanligi ta’kidlangan.

Rus sinov tizimlarining samaradorligi fevral oyining boshlarida Xitoyda muvaffaqiyatli o‘tkazilgan va bu diagnostika to‘plamlarining yuqori samaradorligini ko‘rsatishiga urg‘u berilgan.

«Rossiya sinovlari namunadagi begona genetik moddalarning minimal miqdorini aniqlaydi va «SARS-CoV-2» koronavirusini yo‘q qiladi hamda boshqa patogenlar bilan o‘zaro ta’sirlashmaydi», deya bayonot bergan Rospotrebnadzor.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyaning koronavirus testlarini tanqid qilgan Lukashenkoga javob berildi