date
views 2 852

Oyning ilk batafsil geoxaritasi taqdim etildi (video)

Oyning ilk batafsil geoxaritasi taqdim etildi (video)
Foto: USGS
NASA olimlari hamda Amerikaning bir qator tadqiqot muassasalari Oyning eng batafsil geologik xaritasini yaratdi. Bu haqda AQSH Geologiya xizmatiga tayanib, Hi-Tech.Mail.ru xabar berdi.

Yangi xarita estetik funksiyadan tashqari, kelajakda Oyga mo‘ljallangan missiyalarni rejalashtirishda, kosmonavtlarning tadqiqotlarda qiziqish uyg‘otadigan kerakli joyga qo‘nishini ta’minlashda yordam beradi. Mazkur loyiha ustida NASA, Texasdagi Oy va sayyoralar instituti hamda Arizonadagi Astrogeologiya ilmiy markazi ish olib borgan.

Xaritani yaratishda eski oltita xaritadagi ma’lumotlar birlashtirilgan, shuningdek, sun’iy yo‘ldoshdan olingan yangi suratlardan foydalanilgan. Yig‘ilgan ma’lumotlarning barchasi geografik dasturiy ta’minot yordamida «tikib chiqilgan». Olimlar Yerning sun’iy yo‘ldoshi yuzasidagi turli xil ob’ektlar nomlari va tavsiflarini umumlashtirgan — bunga qadar xaritalar bir-biridan farq qilar edi. Shuningdek, unda kraterlar, yoriqlar, tizmalar va boshqa notekis landshaftlar ko‘rsatilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oyning ilk batafsil geoxaritasi taqdim etildi (video)