11:05 / 30.04.2020
3 143

Bosniyada karantin yengillashtirilgandan keyin koronavirusga chalinish holatlari keskin ko‘payib ketdi

Bosniyada karantin yengillashtirilgandan keyin koronavirusga chalinish holatlari keskin ko‘payib ketdi
Foto: EPA/Fehim Demir
Bosniya va Gersegovinaning ba’zi hududlarida karantin cheklovlari yengillashtirilgandan keyin koronavirusga chalinish holatlari keskin oshib ketdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 29 aprelda koronavirusga chalinish bo‘yicha 93 ta yangi holat va 2 ta o‘lim qayd etilgan. Vaholanki, bir kun avval koronavirusga chalinish holatlari 20 tani, 27 aprelda esa 49 tani tashkil qilgan.

Umuman olganda pandemiya boshidan beri mamlakatda 1677 ta kasallanish holati va 65 ta o‘lim qayd etilgan.
Mamlakat tarkibiga kiruvchi Serb respublikasining o‘zida 49 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan va rasmiy shaxslar fuqarolarni ommaviy yig‘ilishlardan qochishga hamda doimiy ravishda niqob taqib yurishga chaqirishmoqda.

27 aprelda muxtor viloyatda keksa kishilarga uydan 3 soatga chiqishga, ba’zi korxonalarga faoliyatini tiklashga ruxsat berilgan.

Yana bir muxtor viloyat - Bosniya va Gersegovina federatsiyasida 24 apreldan boshlab tungi komendantlik soati bekor qilinib, kesalar va bolalarga kunaro bir necha soatga uydan chiqishga ruxsat berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bosniyada karantin yengillashtirilgandan keyin koronavirusga chalinish holatlari keskin ko‘payib ketdi