06:50 / 02.05.2020
2 995

Amerikalik mutaxassislar koronavirus 2022 yildan keyin yana paydo bo‘lishini prognoz qildi

Amerikalik mutaxassislar koronavirus 2022 yildan keyin yana paydo bo‘lishini prognoz qildi
Foto: Getty Images
Dunyo bo‘ylab koronavirus pandemiyasi bir necha yil davom etishi mumkin. Bu haqda Minnesota universiteti qoshidagi Yuqumli kasalliklar bo‘yicha tadqiqotlar va siyosat markazining hisobotida aytilgan, deb xabar bermoqda Bloomberg.

Mutaxassislarning aytishicha, butun dunyo aholisining uchdan ikki qismi virus bilan kasallangan va pandemiya unga qarshi immunitet paydo bo‘lmaguncha davom etadi. Hisobotda qayd etilishicha, COVID-19’ni boshqarish juda qiyin, chunki ba’zi odamlarda u alomatlarsiz kechadi, lekin shu bilan birga virus tashuvchilar uni boshqalarga yuqtirishda davom etishi mumkin.

Ekspertlarning fikricha, turli davlatlar tomonidan joriy etilgan infeksiyaga qarshi kurashish choralariga qaramay, koronavirus to‘lqinli tarqalishda davom etib, 2022 yildan keyin ham paydo bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, ta’kidlanishicha, hukumat tomonidan e’lon qilinadigan xabarlarda pandemiya hali beri tugamasligi, odamlar keyingi ikki yil davomida ham davriy ravishda kasallikning avj olishiga tayyor bo‘lishlari kerakligi haqida ham aytilishi kerak.

COVID-19 pandemiyasi ikki yil davom etishi mumkinligi haqida avvalroq Robert Kox instituti rahbari Lotar Viler ham ogohlantirgandi. U ham aholining 60-70 foizi koronavirusga chalinib, immunitetga ega bo‘lganidan keyingina pandemiya tugaydi deb hisoblagan.

Biroq mutaxassislar COVID-19’dan tuzalganlarda kasallikka qarshi immunitet paydo bo‘lishi borasida hali ham yagona xulosaga kelmagan. «Sog‘ayish va qayta kasallanishga kelsak, bizda, menimcha, bu savolga javob yo‘q. Bu hali noma’lum», — degan JSSTning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha ijrochi direktori Maykl Rayan.

Avvalroq xitoylik olimlar koronavirus mavsumiy kasallikka aylanishini ma’lum qilgandi. Ularning fikricha, bu insoniyat bilan uzoq vaqtdan beri yashab kelayotgan kasalliklar kabi mavsumiy epidemiyaga aylanishi mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik mutaxassislar koronavirus 2022 yildan keyin yana paydo bo‘lishini prognoz qildi