18:15 / 03.05.2020
2 565

Istanbulda mushuk o‘z bolasini kasalxonaga olib keldi (foto)

Istanbulda mushuk o‘z bolasini kasalxonaga olib keldi (foto)
Foto: Esquire
Istanbuldagi klinikalardan birining mijozlari noodatiy hodisaning guvohi bo‘ldi, deb yozadi Esquire.
Odamlar jonlantirish bo‘limida tishi bilan bolasini tishlab olgan mushukni ko‘rib qolgan. Aftidan, u bolasiga shifokorlar yordam ko‘rsatishini xohlardi.

G‘amxo‘r ona mushukning suratlari internetda tarqaldi.
Odamlar darhol shifokorlarni chaqirgan. Birozdan so‘ng mushuk va uning bolasini bir necha tibbiyot xodimlari qurshab olgan.

Shifokorlar jonivorni ko‘zdan kechirgan hamda unda hech qanday muammolar ko‘zga tashlanmagan.

Shifokorlar tekshirayotganida ona mushuk bolasidan uzoqlashmagan. Shundan so‘ng mushuklarga sut berilib, ular veterinarga olib borildi. Veterinar ham mushuklar sog‘lom ekanligini tasdiqlagan.



ona mushuk kasalxona Istanbul
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)