Foto: EPA
Italiyalik shifokorlar koronavirusning yangi asorati haqida ma’lum qilishdi. Koronavirusdan sog‘ayib ketgan bemorning organizmida bu asorat ilk bor aniqlandi. Bu haqda Journal of Clinical Endocrinology & Metabolism nashri yozgan. Shifokorlarning ta’kidlashicha, koronavirus qalqonsimon bezning yallig‘lanishiga olib kelishi mumkin.
Maqolada shifokorlar koronavirusdan sog‘aygan 18 yoshli qizda nim o‘tkir tireoidit yoki yana qalqonsimon bez yallig‘lanishi deb ataluvchi asoratni aniqlashganinini ma’lum qilishgan. Qiz virusni otasidan yuqtirib olgan. Unda kasallikning o‘rta og‘irlikdagi alomatlari – tumov va yo‘tal kuzatilgan. Qiz bir necha kundan keyin sog‘ayib ketgan.
Biroq qisqa vaqtdan keyin qiz o‘zini yomon his qilayotganini ma’lum qilgan. Unda boshqa alomatlar – harorat ko‘tarilishi, bo‘yindagi og‘riqlar paydo bo‘lgan. Shifokor ko‘rigi vaqtida qizda yurak tez urishi hamda qalqonsimon bez og‘rishi va kattalashgani qayd qilingan.
“Shifokorlar koronavirus o‘zini shunday tarzda ham namoyon qilishi mumkinligini bilishlari lozim”, deb aytgan professor Franchesko Latrofa.
Olimlarning ta’kidlashicha, qiz avval qalqonsimon bez bilan muammolarga ega bo‘lmagan. Shu sababli ularning aytishicha, koronavirusning o‘pkadan qalqonsimon beziga kirishi xavfi mavjud.
Mutaxassislarning shu o‘rinda ta’kidlashicha, 2002-2003 yillarda avj olgan SARS koronavirusi vaqtida undan vafot etgan ba’zi bemorlar jasadi yorilganda ularda qalqonsimon bez yallig‘lanishi aniqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi