Foto: CA-News
2 iyunda Qirg‘iziston davlat chegara xizmati Tojikiston bilan chegarada o‘qotar qurol qo‘llangan holda yangi mojaro yuz berganini ma’lum qildi.
Qirg‘iz chegarachilari tarqatgan xabarda ta’kidlanishicha, Qirg‘izistonning Botken tumani Eki-Tosh qishlog‘ida 2 iyunga o‘tar kechasi, soat 1:20 atrofida Tojikiston tomonidan noma’lum shaxslar 1982 yilda tug‘ilgan, O‘sh-Isfana avtomobil yo‘li bo‘ylab harakatlanayotgan qirg‘izistonlik mashinasiga ov miltig‘idan bir necha marta o‘q uzgan.
Ta’kidlanishicha, erkak yengil yaralanib, Samarqandek qishlog‘i shifoxonasiga yetkazilgan. Voqea joyida militsiya xodimlari ish olib borgan. Chegaraning ushbu qismida ayni vaqtda vaziyat barqarorlashgan.
“Tungi payt ikki tomon huquq-tartibot idoralari vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Hozirda voqea joyida militsiya xodimlari ish olib bormoqda, ular hududni, avtomashinani ko‘zdan kechirmoqda va boshqa tergov ishlarini olib bormoqda”, deyilgan Qirg‘iziston chegara xizmati xabarida.
Tojikiston hozircha ushbu voqeaga izoh bermagan.
Bu voqea oxirgi oyda ikki davlat chegarasida yuz berayotgan to‘rtinchi mojarodir. Ikki davlat chegara xizmatlari bir-birini ig‘vogarlikda va o‘qqa tutishda ayblamoqda.
Tojikiston va Qirg‘iziston 970 kmlik umumiy chegaraga ega. Undan 519 kilometri aniqlashtirilgan, qolgan qismi esa bahsli hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin