Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Qonundagi o‘g‘ri Sachino Gegechkori (kriminal doiralarda Sachino) Sankt-Peterburg kasalxonalaridan birida koronavirusdan vafot etdi, deb yozmoqda «Praym Kraym». Sachino jinoyat olamining eng yirik vakillari orasida COVID-19 qurboniga aylangan birinchi odam bo‘ldi.
Sachino asosan Peterburgda qo‘nim topgan bo‘lsa-da, qo‘li Shimoliy Kavkazga ham yetgan. O‘zi kabi qonundagi o‘g‘rilar — Taxi va Petrovichlarning cho‘qintirgan otasi edi u. Rossiya shimoliy hududlarida bironta «toj kiydirish marosimi» Sachinoning ishtirokisiz o‘tmagan.
Nashr yozishicha, 70 yoshli Sachino bu yil olamdan o‘tgan qonundagi o‘g‘rilarning oltinchisi edi.
Jinoyat olamining MDH hududlaridagi ikki yirik vakili — Islom Edilgireyev (Katta Islom) va Vladimir Dribniy (Poltava) 15 may kuni — bir kunda vafot etgandi. Edilgireyev qon bosimi oshib ketishidan, Dribniy saraton xastaligi oqibatida hayotdan ko‘z yumgan. Katta Islom — chechen, Poltava — ukrain edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib"
Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi